Vobkent tuman axborot-kutubxona markazi
Kutubxona bilan tanishish

Kutubxona bilan tanishish

                  Vobkent  axborot-kutubxona markazi faoliyati toʻgʻrisida  

MAʻLUMOT

                   Bugungi kunda kitobxonlikni keng targʻib etish, yoshlarni badiiy asarlarni  mushohadaga chorlash  hamda bu orqali asriy anʻanalarimizni  saqlagan holda  maʻnaviyatimiz va madaniyatimizga  hissa qoʻshish  har birimizning burchimizdir.  

                       Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, “Kitobsiz-tarqqiyotga, yuksak maʻnaviyatga erishib boʻlmaydi.” Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi millat  birinchi navbatda oʻzining intellektual salohiyatini, yuksak maʻnaviyati bilan qudratlidir.Bunday yengilmas kuch manbai esa, avvalo , insoniyat  tafakkurining buyuk  kashfiyoti-kitob va kutubxonalarda, –deb taʻkidlaydilar. 

       Respublikamiz  aholisini badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy maʻrifiy adabiyotlarga boʻlgan extiyojlarini qondirish hamda aholini kitob mutolaasiga va kitobxonlik  madaniyatiga  jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2019-yil  7-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4354-sonli, viloyat hokimining 2019-yil 12-iyundagi 328-sonli qarorlari hamda Vobkent  tuman hokimining 2019-yil 13-iyundagi 5818-sonli qarori asosida  2019-yil 2-dekabrdan boshlab tumanimizda axborot-kutubxona markazi ish  faoliyatini boshladi.

       Axborot-kutubxona markazi binosi   tuman markazidagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli  Ahmad Donish koʻchasi 44-uyda joylashgan.

       Bino 2 qavvatli, kutubxona uchun maxsus  moslashtirilgan boʻlib, 1974-yilda qurib bitkazilgan.

       Kutubxona binosi  Vobkent tuman hokimining 2019-yil 19-dekabrdagi 9667-sonli  qaroriga muvofiq,  sobiq Vobkent maishiy xizmat kasb-hunar kolleji balansidan yangi tashkil etilgan Vobkent tuman axborot-kutubxona markazi balansiga oʻtkazildi.

        Axborot-kutubxona markazining jami, umumiy yer maydoni 1608 m2ni tashkil etadi.

        Jumladan: qurilish osti yer maydoni 510 m2,  koʻkalamzorlashirilgan   maydoni 320 m2 (koʻkalamzorlashirilgan maydoniga  turli xil mevali,manzarali daraxtlar   hamda gul koʻchatlari  ekilgan.)

                Prezidentimizning 43-54-sonli qarori  ijrosini taʻminlash maqsadida, 2021-yilda axborot-kutubxona markazi binosini joriy taʻmirlash uchun tuman hokimligi tomonidan  460 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, 2022-yilda toʻliq taʼmirdan chiqarildi.

               Ayni vaqtda bino  tumanimiz aholisi  va yoshlarining maʻnaviy-maʻrifiy,badiiy–estetik talablariga  javob beradigan zamonaviy kutubxona maskaniga aylangan.      

   Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev taʻkidlaganlaridek, bugungi kunda xalqimiz orasida  kitobxonlik madaniyatini  oshirish yoshlarni  ommaviy  kitobxonlikka  jalb etish borasida axborot-kutubxona markazi xodimlarining oʻrni muhim ahamiyatga egadir.

           Tasdiqlangan shtatlar jadvaliga koʻra hozirda  19,50 ta  shtat  birligiga 23 nafar xodimlar faoliyat faoliyat yuritayaptilar. Kutubxonachi mutaxassislar uchun ajratilgan 11 ta  shtat birligiga 14 nafar  mutaxassislar tanlov asosida ishga qabul qilinganlar.

     Jumladan: 1 nafari oliy maʻlumotli, 2 nafari tugallanmagan oliy maʻlumotli, 11 nafari oʻrta maxsus  maʻlumotli kutubxonachi mutaxassislar tumanimiz aholisiga kutubxona xizmati boʻyicha  xizmat koʻrsatib kelmoqdalar. 

                Axborot–kutubxona markazining umumiy fondida 199451 nusxadagi    adabiyotlar  mavjud.

                Jumladan: badiiy adabiyotlar  85533  nusxani, siyosiy adabiyotlar  22745 nusxani, sohaga oid adabiyotlar  11203 nusxani shuningdek,  rus tilidagi adbayotlar 78456 nusxani, lotin  yozuvidagi adabiyotlar  5514 nusxani tashkil etadi.              

             Axborot kutubxona markazi  tumanimizning 149000 nafar aholisiga  xizmat qilishga moʻljallangan. Hozirda   foydalanuvchilar soni  15346 nafar,  qatnov soni 31362 nafar, oʻrtacha  bir kunda tashrif buyuruvchilar soni 105 nafar,  kitob va axborot berilishi 93126 donani tashkil etadi.

               Hozirgi kunda tumanimiz aholisi kitobxonlariga qulay va  zamonaviy  axborot kommunikatsiya  texnologiyalari asosida sifatli axborot kutubxona xizmatlarini koʻrsatish maqsadida, axborot kutubxona markazining moddiy texnika bazasi   yangi  zamonaviy  jihozlar hamda texnika vositalari bilan boyitilib kelinmoqda.

            Jumladan: 21 dona kompyuterlar, 6 dona skaner, 8 dona  printer, 1 dona katta hajmli monitor, 2 dona televizor shuningdek,  5 dona noutbuk, 2 dona  rangli 3×1 printerlardan hamda  WiFi  internet tarmogʻidan abonentlar va  kitobxonlar foydalanishlari uchun xizmat qilmoqda.

Binoda yanada qulayliklar yaratish maqsadida  2 dona konditsioner,  1 komplekt “Zakovat” stoli, 6 dona kreslo  hamda minbar va konferensiya aylanma stoli mavjud.  

          Shuningdek,  110 dona kitob jovonlari, 10 komplekt stol stullar, 12 ta  kuzatuv kameralari hamda binoda kuz-qish mavsumida issiqlikni taʻminlash maqsadida, koʻmir yoqilgʻisiga moslashtirilgan issiqlik tizimlari  oʻrnatilgan. 

             Kutubxona binosida yongʻin xavfsizligini  taʻminlash maqsadida yongʻin xavfsizligi burchagi,  20 dona oʻt oʻchirgich bilan taʻminlangan hamda toza  ichimlik suv quvirlari oʻtkazilgan.

              Binoning   estetik koʻrinishga ega boʻlishi uchun  binodagi ortiqcha  buyum va  jihozlarni saqlashda   12 m x 6m  kattalikdagi  ayvon (naves)  qurib bitkazildi, qoʻshni tashkilotni toʻsib turuvchi 50 metrli beton devor koʻtarildi, binoning 778 m2-maydoni  asfaltlashtirildi.

                Binoda elektr tokini  tejash hamda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida  20 KVT li kuchlanishga ega  quyosh panellari  oʻrnatilgan. 

                Ayni vaqtda axborot-kutubxona markazida yuqoridagi imkoniyatlardan  samarali  foydalangan holda  kitobxonlarga imkoniyat darajasida zamon talablari mos xizmat koʻrsatilmoqda.    

               Prezidentimiz taʻkidlaganlaridek, “Kitobxonlik madaniyatini  yuksaltirish buyuk  maqsadlarimizga  erishishning muhim kafolatidir. Kitob-beminnat ustoz. Bilim  va  maʻnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.